Tarixga ehtirom: Tibbiyot instituti talabalari Fayzulla Xo‘jayev xonadonida “Yoshlar turizmi haftaligi” doirasida
30 марта 2026 г.
Tarixga ehtirom: Tibbiyot instituti talabalari Fayzulla Xo‘jayev xonadonida
“Yoshlar turizmi haftaligi” doirasida bugun 30 mart kuni Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalari uchun darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida o‘zbek xalqining otashqalb farzandi, davlat arbobi Fayzulla Xo‘jayevning uy-muzeyiga sayohat uyushtirdi.
Muzey mudiri Vazira Xafizova tomonidan ekspozitsiyalar bo‘ylab tashkil etilgan ekskursiya davomida talabalar millat fidoyisining hayot yo‘li, ma’rifatparvarlik faoliyati va xalq ozodligi yo‘lidagi ulkan xizmatlari bilan yaqindan tanishdilar. Ushbu ma’naviy uchrashuv yoshlar qalbida vatanparvarlik va ajdodlar merosiga hurmat tuyg‘usini yanada jo‘sh urdirdi.

