Buxoro shahridagi 43-maktab o'quvchilari bilan I.A. Karimov xotirasiga bag'ishlab
2025 й. 31 январь
Buxoro davlat muzey qo'riqxonasi Romitan tumani tarixi muzeyi ilmiy xodimi S. Nosirova Buxoro shahridagi 43-maktab o'quvchilari bilan I.A. Karimov xotirasiga bag'ishlab "Mustaqillik abadiy bo'lsin" mavzusida davra suhbatlari o'tkazdi. Davra suhbatida yurtimiz ozodligi uchun uzoq olib borilgan harakatlar va O'zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimovning ona vatanimiz mustaqilligi, el-yurtimiz ravnaqi yo'lidagi ulkan tarixiy xizmatlari haqida gapirib o'tildi.
