Buxoroning "Buxoro-palace" mehmonxonasida "+45 Ayollar forumi" bo‘lib o‘tdi.
2025 й. 20 май
Buxoroning "Buxoro-palace" mehmonxonasida "+45 Ayollar forumi" bo‘lib o‘tdi. Ushbu forumda Buxoro davlat muzey qo'riqxonasi xodimlari ham ishtirok etishdi. Forumda turli mavzularda ma’ruzalar bo‘lib o‘tdi, O‘zbekistonning taniqli ayollari – aktrisalar, jurnalistlar, biznes-ledilar, modelyerlar chiqish qilishdi. Shuningdek, moda namoyishi ham tashkil etildi.
Muzey ilmiy xodimi R. Eshankulova va M. Xafizovalar buxorolik hunarmandlar va rassomlar nomidan o‘z ishlarini namoyish etishdi. Tadbirda, shuningdek, Navoiy viloyatidan kelgan ustalar, Navoiydagi Rus markazi vakillari ham ishtirok etishdi.
Shuningdek, forumda sevimli arxeologimiz – afsonaviy ayol Yelizaveta Fyodorovna Nekrasova va sevimli o‘zbek aktrisalarimiz – Saida Rametova va Fotima Rejimetova hamda mashhur jurnalist va teleboshlovchi – Muhabbat Xamrayeva ham ishtirok etishdi.
